Jamiyat

Tibbiyot muassasalariga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Published

on


Farg‘ona viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida tibbiyot muassasalariga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Oltiariq tuman bo‘limi va  DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, Oltiariq tuman markaziy poliklinikasi xodimasi N.R. fuqaro D.U.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Nukus shahri bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, Ixtisoslashtirilgan endokrinologi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali xodimasi P.D. fuqaro N.G.ning ishonchiga kirib, uni tibbiyot muassasalarining biriga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 15 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version