Jamiyat
Tezkor tadbirlarda valuta ayirboshlashning noqonuniy sxemalari aniqlandi
Jamiyat | 12:23
1233
1 daqiqa o‘qiladi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va ichki ishlar organlari hamkorligida Shahrixon, Bekobod, G‘ijduvon va Kasbi tumanlarida o‘tkazilgan reydlar davomida noqonuniy valuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan bir necha shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Holatlar bo‘yicha JKning 177-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Tezkor tadbirlar:
Shahrixon tumani. I.A. fuqaro S.Q.ga 4000 dollarni 48,6 mln so‘mga sotish paytida ushlangan;
Bekobod tumani. B.M. fuqaro G.A.ga 4000 dollarni 48 mln so‘mga sotish chog‘ida qo‘lga olingan;
G‘ijduvon tumani. Sh.I. fuqaro R.N.dan 3800 dollarni 45,6 mln so‘mga sotib olayotganda ushlandi;
Kasbi tumani. T.Q. fuqaro N.X.ga 3600 dollarni 43,9 mln so‘mga sotish vaqtida to‘xtatilgan.
Ma’lum qilinishicha, barcha holatlarda pul mablag‘lari va hujjatlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan. Tergovga qadar tekshiruv va protsessual harakatlar davom etmoqda.
O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Mazkur modda dispozitsiyasiga muvofiq jazo choralari sud tomonidan belgilanadi.