Jamiyat

“Test oson bo‘ldi, chunki hammasini tavakkal belgiladim”

Published

on


Shu kunlarda abituriyentlarning bilimi sinalyapti. Xo‘sh, talabalikka da’vogarlar qanchalik tavakkalga murojaat qilishmoqda? Maktabda olingan bilimning o‘zi yetarli bo‘lyaptimi yoki qo‘shimcha darslarsiz testdan o‘tish imkonsizmi? Kun.uz muxbiri Toshkent shahridagi “O’zekspomarkaz” majmuasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Biz so‘rovnoma davomida asosan aniq fanlar bo‘yicha test topshirgan abituriyentlar bilan suhbatlashdik. Ularning ko‘pi test javoblarining katta qismini tavakkal belgilaganini aytishdi. Respondentlarning fikricha, testda yuqori ball olish uchun maktabda yaxshi o‘qishning o‘zi kamlik qiladi: qo‘shimcha darslarga zarurat bor.

O‘qishga kira olmasangiz nima qilasiz? Bir nechta abituriyentlarga shu savolni berganimizda, xususiy universitetlar haqida o‘ylab ko‘rishini yoki qayta tayyorlanishini gapirdi.

“Menimcha, nodavlatda o‘qisam kerak. Chunki oldidan kirib qo‘yganman. Lekin uydagilarim xususiyga qo‘yishmaydi. Shuning uchun yana bir yil tayyorlanib chetga topshirganim yaxshiroq. Sababi o‘zlaridan– o‘zlari yopib yuborishlari mumkin”, – deydi abituriyentlardan biri.

Eslatib o‘tamiz, imtihonlar 10 kun davomida, 23 iyulga qadar davom etadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version