Jamiyat

Termizda quyonlarni noqonuniy ovlagan shaxsga chora ko‘rildi

Published

on


Tekshiruv davomida fuqaro ovni taqiqlangan usulda – tunda yorituvchi moslamadan foydalangan holda amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida Termiz tumani Uchko‘l ko‘llari atrofidagi dasht hududida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaro tomonidan 13 bosh yovvoyi quyon noqonuniy ovlangani aniqlandi.

Tekshiruv davomida fuqaro ovni taqiqlangan usulda — tunda yorituvchi moslamadan foydalangan holda amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi.

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga asosan chora ko‘rildi. Shuningdek, noqonuniy ov natijasida tabiatga 5 million 356 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi hisoblandi.

Bundan tashqari, ov jarayonida foydalanilgan, huquqbuzarga tegishli bo‘lgan 3 dona ov miltig‘i ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilib, viloyat IIBga topshirildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version