Jamiyat

Termizda fuqaroning buzilishga tushgan uyi uchun 623 mln so‘m kompensatsiya undirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Published

on


U bu xizmati uchun 900 AQSh dollari va 1 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Surxondaryoda buzilishga tushgan uy uchun kompensatsiya undirib berishini aytgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, Termiz tumanida baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “B.D.” MChJda norasmiy ishlab kelgan O.A. fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, uning buzilishga tushgan uyi uchun go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordami bilan 623 million so‘m kompensatsiya pulini tezlashtirib undirib berishini aytgan.

U bu xizmati uchun 900 AQSh dollari va 1 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version