Jamiyat

Termizda baholash korxonasi xodimi qo‘lga tushdi

Published

on


Termiz tumanida fuqaroning buzilishga tushgan uyi uchun 623 mln so‘m kompensatsiya undirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda “B.D.” nomli baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJda norasmiy ishlab kelgan O.A. fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, uning “Mustaqillik” mahallasi hududidagi xonadoni buzilishga (SNOS) tushganligidan foydalanib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordami bilan 623 mln so‘m kompensatsiya pulini tezlashtirib undirib berishi evaziga 900 AQSh dollari va 1 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version