Jamiyat
terlashga qarshi vosita “Eco dry” antiperspiranti tanada qanday ishlaydi?
Terlash inson organizmidagi tabiiy jarayon bo‘lsa-da, ba’zi hollarda u ijtimoiy noqulaylik tug‘diradi. Ayniqsa, issiq ob-havo yoki stress paytida tanadan ajralgan ter va uning hidi ko‘pchilikni hijolatli holatga tushiradi. Dorishunos Akbar Akromov terlash sabablari, tanada noxush hid paydo bo‘lishi va uning oldini olishda “Eco dry” mahsulotlarining samarasi haqida gapirib berdi. Intervyu davomida antiperspirant tarkibi, ta’sir mexanizmi, undan to‘g‘ri foydalanish usullari, kimlarga hamda qaysi paytda ishlatish tavsiya etilmasligi haqida so‘z yuritilgan.
{Yii::t(}
O’tkazib yuborish 6s
O’tkazib yuborish
Inson tanasida o‘rtacha 2–4 million atrofida ter bezlari mavjud. Ular asosan qo‘ltiq osti, kaft, oyoq panjasi, yuz qismida faol ishlaydi. Tanadagi harorat oshganda, ter bezlari suv va tuz aralashmasini ajratadi — bu esa teridir.
Terlash inson tanasining tabiiy himoya mexanizmlaridan biri sanaladi. Ko‘pchilik uni noqulay holat deb biladi, aslida mazkur jarayon tana haroratini me’yorda ushlab turish, ortiqcha issiqlikni tashqariga chiqarish, toksinlardan xalos bo‘lish va immunitetni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Dorishunos, texnolog Akbar Akromovning aytishicha, terlash ikki turga bo‘linadi: fiziologik va patologik.
“Fiziologik terlash issiq ob-havo, jismoniy mashqlar yoki ruhiy zo‘riqish (stress) paytida kuzatiladi. Bunday vaqtlarda ter ajralishi orqali tana soviydi va harorat muvozanati saqlanadi. Ushbu holat sog‘lom odamda har kuni tabiiy tarzda ro‘y beradi.
Patologik terlash, ya’ni giperhidroz esa hech qanday aniq sabab bo‘lmagan holda ortiqcha ter ajralishi bilan kechadi. Bu jarayon ko‘pincha asab tizimi, qalqonsimon bez yoki yurak faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Giperhidroz ijtimoiy noqulaylik, ishonchsizlik hissi va ruhiy muammolarni hissini keltirib chiqarishi mumkin”, –– deydi mutaxassis.
Ba’zi odamlar boshqalarga nisbatan ko‘proq terlaydi, Dorishunosning fikricha, bunday holat bir nechta omillar bilan bog‘liq bo‘ladi.
“Avvalo, bunda genetik moyillik muhim rol o‘ynaydi, ya’ni agar ota-onada ko‘p terlash holati kuzatilgan bo‘lsa, ushbu xususiyatning farzandlarda ham paydo bo‘lishi ehtimoli yuqori. Shuningdek, asabiylik va stress paytida tanada adrenal gormonlar ko‘payadi, bu esa ter bezlarini faollashtiradi. Natijada, inson hayajon yoki qo‘rquv holatida ham kuchli terlay boshlaydi.
Gormonal o‘zgarishlar ham ter ajralishini kuchaytiradi. Masalan, o‘smirlik davrida yoki ayollarda menopauza paytida gormonlar muvozanati o‘zgaradi, bu esa terlashni kuchaytirishi mumkin. Shuningdek, ortiqcha vazn tana issiqligini oshiradi, natijada organizm uni sovitish uchun ko‘proq ter chiqaradi.
Issiq yoki nam iqlimda yashaydiganlarda terlash tabiiy ravishda kuchliroq bo‘ladi. Ba’zi hollarda esa dori vositalari yoki sog‘liq muammolari (masalan, diabet yoki qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi) ham ter bezlarining ortiqcha ishlashiga turtki bo‘ladi”, – deydi Akbar Akromov.
Terlashning o‘zi aslida hidsiz jarayon, yangi ajralgan terning tarkibi asosan suv va tuzdan iborat bo‘lib, u o‘zidan hech qanday hid chiqarmaydi. Ammo ter tanamizdagi bakteriyalar bilan aralashganda o‘ziga xos yoqimsiz hid paydo bo‘ladi.
Mutaxassislarning tushuntirishicha, inson tanasida ikki xil ter bezi mavjud:
Ekkrin bezlar: butun tanada joylashgan bo‘lib, tanani sovitish uchun suvli, hidsiz ter ajratadi.
Apokrin bezlar: asosan, qo‘ltiq osti va jinsiy a’zolar atrofida joylashadi. Ular oqsil va yog‘ moddalariga boy, quyuqroq ter ajratadi.
Aynan shu apokrin bezlari ajratgan ter bakteriyalar bilan reaksiyaga kirishganda hid paydo bo‘ladi. Bakteriyalar bu moddalardagi oqsillarni parchalab, kislotalar va ammiak singari birikmalarni hosil qiladi, mana shu moddalarning o‘tkir hidini biz “ter hidi” deb ataymiz.
Shuningdek, kundalik ratsion, gigiyena darajasi, stress va gormonlar ham bu jarayonga ta’sir qiladi. Masalan, go‘sht, ziravorlar yoki kofein iste’moli, shuningdek, asabiylik paytida tanada chiqadigan gormonlar (adrenalin) ham ter hidi kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Demak, terning o‘zi emas, bakteriyalar va ter tarkibidagi organik moddalarning o‘zaro ta’siri yoqimsiz hidning asosiy manbaidir. Shu bois, gigiyenaga rioya qilish, dezodorant yoki antiperspirantlardan foydalanish ter hidini kamaytirishga yordam beradi.
“Hozirda ter orqali tanada tarqaladigan yoqimsiz hidni bartaraf etish uchun biz ishlab chiqarayotgan “Eco dry” antiperspirant spreylari ter ajralishini o‘rtacha 5 kundan 15 kun, ayrim holarda 20 kungacha samarali nazorat qiladi. Ya’ni bir marta sepganda ta’siri uzoq vaqtgacha yetadi. Mahsulotning afzalligi nisbatan tabiiy tarkibga egaligi va kiyimda dog qoldirmasligida. Mazkur antiperspirant ter bezlari faoliyatini butunlay to‘xtatmaydi, faqat haddan tashqari ko‘p terlashni me’yorga keltiradi” — deydi Akbar Akromov.
“Eco dry” mahsulotlarining asosiy vazifasi ter ajralishini vaqtincha cheklash va noxush hidning oldini olishdan iborat. Mahsulot tarkibidagi faol modda ter bezlari ustiga nozik himoya qatlami hosil qiladi. Bu qatlam terning tashqariga chiqishini vaqtincha sekinlashtiradi, biroq tananing tabiiy nafas olishi va issiqlik almashinuviga to‘sqinlik qilmaydi.
“Antiperspirant ter bezlarining chiqish yo‘lini to‘sib qo‘ymaydi, balki ularni me’yorda ishlashga moslashtiradi. Natijada, tananing ortiqcha suyuqlik chiqarish ehtiyoji kamayadi. Shu bilan birga, “Eco dry”ning tabiiy ekstraktlari (masalan, aloye vera, yashil choy yoki mineral tuzlar) terini tinchlantiradi, qichishish yoki quruqlikning oldini oladi. “Eco dry” ter bilan reaksiyaga kirishganda aluminiy tuzlari o‘rniga tabiiy minerallar yordamida himoya qatlami hosil qiladi. Bu qatlam vaqtinchalik “to‘siq” vazifasini bajaradi, natijada tanadan chiqayotgan suyuqlik miqdori kamayadi. Shu bilan birga, mahsulot tarkibida bakteriyalar o‘sishini cheklovchi komponentlar mavjud bo‘lib, ular yoqimsiz hid paydo qiladigan mikroorganizmlarni zararsizlantiradi”, – deydi mutaxassis.
Oddiy antiperspirantlardan farqli o‘laroq, “Eco dry” tarkibida spirt, paraben, alyuminiy va sun’iy xushbo‘y moddalar yo‘q. Bu esa terining tabiiy muvozanatini buzmaydi va sezgir teriga ham mos keladi, uzoq muddatli foydalanishda ham ter bezlari faoliyatiga zarar yetkazmaydi.
“Har qanday kosmetik vosita kabi “Eco dry” antiperspirantlari ham ayrim holatlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi yoki umuman qo‘llanmasligi lozim. Mahsulotni qirqilgan, tirnalgan yoki yallig‘langan teriga surtish tavsiya etilmaydi. Chunki bu holatda sprey tarkibidagi faol moddalarning ta’siri kuchayib, achishish, qichishish yoki allergik reaksiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
Agar foydalanuvchi mahsulotdagi tabiiy ekstraktlar (masalan, aloye, efir moylari yoki minerallar)ga nisbatan individual allergiyaga moyil bo‘lsa, “Eco dry”dan foydalanishdan oldin shifokor yoki dermatolog bilan maslahatlashish zarur.
Homiladorlik va emizish davrida gormonlar faol o‘zgaradi, teri sezuvchanligi ortadi. Shuning uchun homilador yoki emizikli ayollar antiperspirantlarni faqat shifokor tavsiyasi bilan ishlatishlari kerak. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ter bezlari hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. Ularga kuchli antiperspirant vositalar tavsiya etilmaydi.
Insonda dermatit, ekzema, zamburug‘li infeksiya yoki boshqa teri muammolari mavjud bo‘lsa, “Eco dry”dan foydalanish holatni yomonlashtirishi mumkin. Bunday vaziyatda dermatolog nazoratisiz vositani qo‘llash tavsiya etilmaydi”, – deydi Akbar Akromov.
Terlash sababi va darajasiga qarab tabiiy jarayon yoki davolanishni talab qiladigan holat sifatida baholanadi. Umuman olganda, terlashning kuchayishi har doim ham kasallik belgisi emas, ammo agar u hayot sifatiga jiddiy ta’sir qilsa, mutaxassisga murojaat qilib, sababini aniqlash va to‘g‘ri yechim topish muhimdir.
Intevryuni to‘liq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
Jurnalist: Diyoraxon Nabijonova
Operator: Abdulloh Hasanov
Montaj ustasi: Bobur Anvarov
Murojaat uchun:☎️ +998994004244
Instagram | Telegram
Reklama huquqi asosida