Jamiyat

Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Published

on


Toshkent shahri Mirobod tumanida “Spark” va Kia avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, natijada bir nafar yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Ma’lumotga ko‘ra, hodisa 2026 yil 20 yanvar kuni soat 15:00 larda Mirobod tumani, KHAY ko‘chasida, Temiryo‘l muzeyi qarshisida sodir bo‘lgan. 1996 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi “Spark” hamda 1993 yilda tug‘ilgan I.D. boshqaruvidagi Kia avtomashinalari o‘zaro to‘qnashgan.

YTH oqibatida “Spark” avtomashinasining 1987 yilda tug‘ilgan O‘.D. ismli yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version