Mahalliy

TDTUda xitoyliklar bilan hamkorlikda muhandislar tayyorlanadi

Published

on


Toshkent davlat texnika universitetida Shanxay Jiao Tong universiteti rasmiylari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xabarga ko‘ra, tomonlar qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda olib borish, sun’iy intellekt, energetika, axborot texnologiyalari hamda muhandislik yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Muloqot yakunida TDTU va Shanxay Jiao Tong universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ma’lumot uchun: Xitoyning yetakchi OTMlari sirasiga kiruvchi Shanxay Jiao Tong universiteti QS reytingida 47-o‘rinni egallagan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version