Siyosat

Tashqi ishlar vaziri Baxtyor Saidov Saudiya Arabistoni elchisi bilan uchrashdi

Published

on


Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Saudiya Arabistoni elchisi Yusuf Solih Algala Al-Otaibiyni qabul qildi.

Foto: Telegram/baxtiyor_saidov

Uchrashuvda tomonlar siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish, ikki davlat oʻrtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Vazir elchiga O‘zbekistondagi fidokorona xizmati uchun samimiy minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Ma’lumot uchun, janob Yusuf Solih Algala Al-Otaibi 2021 yildan buyon Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version