Jamiyat

«Tan olaman, ko‘p emas, 50 grammgina ichdim…»

Published

on


Buxoro viloyat IIB JXX YHXB axborot guruhi katta inspektori Umidjon Barakayevning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Buxoroda spirtli ichimlik iste’mol qilib, rulga «o‘tirgan» haydovchiga chora ko‘rilgan.

Ta’kidlanishicha, yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan profilaktik ishlar olib borilayotganda, «Kobalt» avtomashinasi haydovchisining mashina boshqarishidagi harakati e’tiborni o‘ziga jalb qilgan. Aftomashina to‘xtatilgan va «Alkotestr» yordamida haydovchining spirtli ichimlik iste’mol qilgani aniqlangan.

Haydovchi V.A.: «Bir six shashlik oldim. To‘g‘ri gap: bo‘ynimga olaman. Ammo, ko‘p emas, 50 grammgina ichdim»,- deya o‘zini oqlashga uringan.

Olib borilgan xizmat tekshiruvi davomida haydovchining O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 131-modda (Transport vositalarini mastlik holatida boshqarish) si talabalarini buzgani yetmagandek, uning hali haydovchilik guvohnomasiga ham ega emasligi aniqlangan. Unga nisbatan 135-modda (Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) bilan ham ma’muriy choralar ko‘rilgan.

Avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version