Siyosat

Tajovuzkor  «ritorika» to‘xtamayapti. Endi Valuyev «akillab» chiqdi

Published

on


Rossiyalik propagandachi Vladimir Solovyov boshlab bergan  tajovuzkor  «ritorika»ni Aleksandr Dugin davom ettirgandi.

Endi ularning ortidan sobiq sportchi, hozirda Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati,Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nikolay Valuyev boshqa davlatlarda ham (sobiq Ittifoq mamlakatlari nazarda tutilmoqda – tah.) maxsus harbiy amaliyot o‘tkazishi haqidagi dag‘dag‘a bilan chiqdi.

«Bizni hali ko‘plab maxsus operatsiyalar kutmoqda. Ulug‘ faylasuf Duginning so‘zi to‘g‘ri. Biz 30 yil davomida postsovet respublikalariga «pryanik» berib keldik. Yordam bermadi. Qamchi kerak. Shuning uchun yoshlarni tayyorlayapmiz. Zumerlarga zalga borib, sport bilan shug‘ullanishni maslahat beraman. Ular uchun qahramonlik ko‘rsatish davri keladi. Va tez orada. Umuman olganda, g‘alabaga hissa qo‘shgan va hissa qo‘shishga tayyor bo‘lgan odamgina barcha huquqlarga ega fuqaro bo‘lishi mumkin, deb hisoblayman. Qolganlar bunday huquqlarga ega bo‘lmasligi kerak. Va biz bunga yetib boramiz», degan rossiyalik amaldor.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova teleboshlovchi Vladimir Solovyovning Rossiya tashqi siyosati haqidagi bayonotlari «uning shaxsiy fikri» ekani va amalda Rossiya Federatsiyasining rasmiy pozitsiyasi sanalmasligini aytgandi.

«Bu jurnalistning fikri. Fikr xususiy kanalda bildirildi. Men iqtiboslarni o‘qidim va kontekstdan olingan iboralarga tayanmadim. Bunga javob berish mening ishim emas», degandi Zaxarova.

Mana endi, bu tajovuzkor fikrlar jurnalistning gapidan siyosatchinikiga, ayni paytda Rossiya hukumatida amalda o‘tirgan shaxs og‘zidan yangrashga o‘tdi. Endi Rossiya TIV vakili vaziyatni nima deb xaspo‘shlarkin?!



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version