Jamiyat

Tadbirkorning to‘yxona binosini qo‘lga kiritganlar aniqlandi

Published

on


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tumani bo‘limi tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda to‘yxona binosini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish holati aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, fuqaro E.J. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, T.G. xususiy korxonasi rahbari D.K.ning ishonchiga kirgan. Ular korxonani MChJ sifatida qayta rasmiylashtirib, uni 100 foiz yakka ta’sischi va rahbar sifatida o‘z nomi bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga erishgani aytilmoqda.

Natijada tadbirkor D.K.ga tegishli to‘yxona binosi firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgani qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version