Iqtisodiyot

Tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda biznes-ombudsman bilan kelishish talab etilmasligi ma’lum qilindi

Published

on


Biznes-ombudsman ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni o‘tkazishda biznes-ombudsman bilan kelishish talab etilishi haqida tarqalgan fikrlar yuzasidan izoh berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.

“Shu bilan birga, tekshiriladigan tadbirkorlik sub’yekti aniq bo‘lmagan holatlarda, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga, davlat manfaatlariga yoki atrof-muhitga zarar yetkazish xavfining tezkor oldini olish yoki bartaraf etish maqsadida o‘tkaziladigan tekshiruvlar tekshiruv boshlanganidan so‘ng 24 soat ichida «Yagona davlat nazorati» axborot tizimi orqali Biznes-ombudsmanni xabardor qilish sharti bilan amalga oshirilishi belgilangan.

Biznes-ombudsman tekshiruvlarni kelishmaydi, balki ularning qonuniyligini monitoring qiladi”, deyiladi izohda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version