Iqtisodiyot

Tadbirkor shakar importi uchun bojni olib tashlashni so‘radi

Published

on


Rossiyadagi narx oshishiga bog‘liq ravishda, O‘zbekistonda ham oxirgi 1 oy ichida shakar 2500 so‘mga qimmatlashdi, dedi tadbirkor hukumat komissiyasi bilan ochiq muloqotda. U agar 20 foizlik boj olib tashlansa, Braziliyadan shakar olib kelishga tayyorligini bildirdi. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev bojni bekor qilishga va’da berolmasligi, lekin taklif ko‘rib chiqilishini aytdi.

O‘zbekistonlik tadbirkor hukumat komissiyasi bilan 14 fevral kungi ochiq muloqotda shakar importi uchun bojni olib tashlashga chaqirdi.

“Oziq-ovqat sanoatchilari nomidan aytaman. Shakar narxi oxirgi 1 oy ichida 2500 so‘mga oshdi. Biz shakarni asosan Rossiyadan olamiz. Rossiya narxni nega ko‘taryapti, bilmaymiz, lekin alternativa bor: Pokiston, Hindiston, Braziliya. Iltimos, bojni olib tashlasanglar, biz Braziliyadan bemalol shakar olib kelardik”, – dedi tadbirkor.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev bu masala ko‘rib chiqilishini aytdi.

“Qabul qildik, ko‘rib chiqamiz. Men [boj kamaytirilishi yoki bekor qilinishiga] va’da bermayman, [lekin] ko‘rib chiqamiz”, – dedi Xo‘jayev.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda shakar importiga 20 foizlik boj o‘rnatilgan. Bu boj MDH doirasidagi erkin savdo rejimi doirasida Rossiya bilan savdo-sotiqda amal qilmaydi.

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab oq shakarga nisbatan 20 foizlik aksiz solig‘i bekor qilingan edi.

Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026 yil yanvar oyida shakar narxi 1 foizga ko‘tarilgan. Yillik nisbatda esa (2025 yilning yanvari bilan taqqoslaganda) shakar 3,7 foizga arzonlashgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version