Jamiyat
Tabiiy gaz uchun qishki bazaviy me’yor barcha hududlar uchun uzaytirildi
Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor Respublikaning barcha hududlarida 15-martga qadar uzaytirildi.
Energetika vazirligiga ko‘ra, bu – ob-havo prognozlarining yangilangan kutilmalariga muvofiq amallga oshirilmoqda.
«Sovuq havo massasi mamlakatimizning boshqa hududlariga ham kirishi ehtimoli tufayli isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metr bazaviy me’yor barcha hududlarda 2026-yilning 15-martiga qadar uzaytirildi», – deyiladi rasmiy xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, 15-martdan keyin esa ob-havo sharoitidan kelib chiqib, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur uzaytiruv faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun amal qilish belgilangan edi.