Jamiyat

Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi

Published

on


Suv xo‘jaligi sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy etishga qaratilgan prezident farmoni qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, suv fondi yerlarini ijaraga berish elektron auksionlar orqali amalga oshiriladi, suv obektlarini tozalash ishlariga esa tadbirkorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida jalb qilinadi.

Prezidentning “Suv xo‘jaligi sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan suv fondi yerlaridan foydalanish va suv xo‘jaligi obektlarini saqlash sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.

Hujjatga muvofiq, Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi suv fondi yerlarini ijaraga berish bo‘yicha yagona buyurtmachi etib belgilandi.

Shuningdek, suv omborlari, kanallar, kollektorlar va boshqa suv obektlarini tuproq materiallaridan tozalash ishlariga tadbirkorlarni eng yaxshi takliflari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali jalb qilishga ruxsat berildi.

Farmonga ko‘ra, suv omborlarining suvdan bo‘shagan va tuproq namligi saqlangan yerlari elektron onlayn-auksion savdolari orqali qisqa muddatli ijaraga berilib, ularda qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish imkoniyati yaratiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version