Jamiyat

Surxondaryoda ekologiya bo‘limi rahbari 500 dollar pora bilan ushlandi

Published

on


Surxondaryo viloyatida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga qarashli tuman bo‘limi boshlig‘i daraxtlarni kesish holati bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomani “zarar miqdorini kamaytirib” o‘zgartirib berish evaziga 500 AQSh dollari talab qilgani aytilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini tamagirlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, voqea mahalliy MChJ hududida tegishli ruxsatnomasiz o‘zboshimchalik bilan 14 tup gujum, 6 tup archa, 1 tup tut va 1 tup chinor daraxtlari kesilganligi holati bo‘yicha dalolatnomani o‘zgartirish bilan bog‘liq.

Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version