Jamiyat

Surxondaryoda bank mutaxassisi 2 000 dollar va 1,3 mln so‘m olgan paytida ushlandi

Published

on


“Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimi fuqarodan noqonuniy ravishda pul olgan vaqtida qo‘lga olindi.

DXX ma’lumotiga ko‘ra, bank mutaxassisi Sho‘rchi tumanida yashovchi fuqaroga nomiga 17 milliard so‘m kredit ajratish masalasida yordam berishni va’da qilgan. U kredit olish uchun garov mulki sifatida qo‘yilishi kerak bo‘lgan bino “Elektron baholash” tizimi xulosasiga ko‘ra yetarli qiymatga ega emasligini aytgan va ushbu masalani “hal qilish” evaziga firibgarlik yo‘li bilan 2000 AQSh dollari va 1 300 000 so‘m talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bank xodimi talab qilingan pul mablag‘larini olgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version