Jamiyat

Surxondaryoda 18 ta parrandachilik kompleksi va 30 ta asalarichilik loyihasi ishga tushiriladi

Published

on


Surxondaryo viloyatida parrandachilik va asalarichilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi. Joriy yil 60 million dollarlik 18 ta parrandachilik kompleksi va naslchilik loyihalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, yiliga 45 ming tonna parranda go‘shtiga ehtiyoj mavjud bo‘lgan Surxondaryoda hozircha birorta yirik parrandachilik kompleksi yo‘q. Shu bois viloyatda yirik ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish orqali ichki bozorni ta’minlash va import o‘rnini bosish muhimligi qayd etildi.

Joriy yilda umumiy qiymati 60 million dollar bo‘lgan 18 ta parrandachilik kompleksi va naslchilik loyihalarini amalga oshirish rejasi belgilab olindi.

Shuningdek, Surxondaryoda tabiat erta uyg‘onishi sababli asalarichilik mavsumi aynan shu hududdan boshlanishi qayd etildi. Agar naslli ona ari genetikasini viloyatning o‘zida yo‘lga qo‘yishga erishilsa, sohada “katta sakrash” qilish mumkinligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan xorijdan ona ari nasllarini olib kelish, 150 ming dona nasldor asalari paketini ishlab chiqarish bo‘yicha 30 ta loyihani boshlash topshirildi.

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version