Jamiyat

Surxondaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. 

Ashurov Oybek Qurbonovich Surxondaryo viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Oybek Ashurov 1988-yil Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos. Malaka darajasi — 3-darajali xizmatchi. 

U mehnat faoliyati davomida turli yillarda Sherobod va Sho‘rchi tumanlari hokimliklarida turli vazifalarda, xususan, hokim o‘rinbosari lavozimida, shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimligi Ijro nazorati bo‘limi boshlig‘i lavozimida mehnat qilgan. 

Mazkur lavozimga tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati hokimligi Ijro apparati rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Ma’lumot uchun, viloyat hokimining avvalgi o‘rinbosari Ilhom Saparov Jarqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlangan. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version