Jamiyat
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Hududda taxminan 5 gektar maydonda quruq o‘t yonmoqda, FVV qutqaruvchilari uni o‘chirishga jalb qilingan.
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanidagi Surxon davlat qo‘riqxonasida 23 iyul kuni yirik yong‘in boshlandi.
FVV ma’lum qilishicha, 23 iyul soat 15:52 da Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, «Qizilolma» mahallasi hududida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasiga qarashli hududda taxminan 5 gektar maydonda quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Ushbu xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari qutqaruvchilari, tegishli tashkilotlar xodimlari voqea joyiga yetib borgan.
Ta’kidlanishicha, yong‘inni bartaraf qilish uchun yetarli kuch va vositalar jalb qilingan.