Dunyodan
Suriya masjididagi portlash: 8 kishi halok bo’ldi
Suriyadagi masjidda portlash: 8 kishi halok bo’ldi.
Suriyaning Xoms shahridagi masjidda yuz bergan portlashda kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda SANA agentligi juma kuni.
Xavfsizlik kuchlari voqea joyini qurshab oldi. Hozirda tergov davom etmoqda.
Agentlik o‘z nomini oshkor etmagan xavfsizlik xodimlariga tayanib, masjidga kimdir portlovchi moslama o‘rnatganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Damashqda IShID yetakchilaridan biri hibsga olingan edi.