Sport

Superliga. “Neftchi” yana yirik g‘alabaga erishdi, “Buxoro” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi

Published

on


“Neftchi” bu gal raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta gol kiritib, navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. “Surxon” “Buxoro”ga mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini taqdim etdi.

2-4 aprel kunlari O‘zbekiston Superligasida 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.  

SO‘G‘DIYoNA 2:2 QO‘QON-1912

Turning dastlabki o‘yinida “So‘g‘diyona” jamoasi “Qo‘qon-1912” klubini qabul qildi. “Do‘stlik” stadionida kechgan bellashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi. Feysal Mulich hamda Lyupcho Doriyevning gollariga mehmonlar tarkibida Shohruh Gadoyev va Shota Gvazava javob qaytardi.

BUNYoDKOR 2:0 LOKOMOTIV

Birinchi kunning ikkinchi o‘yinida “Bunyodkor” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qildi.

Bellashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Gollarga Boburbek Yo‘ldoshev hamda Marko Bugarin mualliflik qildi.

XORAZM 2:1 DINAMO

“Xorazm” jamoasi bu turda Samarqandning “Dinamo” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mezbonlar safida Azizbek Pirmuhammadov hisobni ochgan bo‘lsa, Ravshanbek Yagudinning avtogoli “Dinamo”ning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Mehmonlarning javob golini Til Mavretich kiritdi.

NAVBAHOR 2:1 MASh’AL

Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida kechgan “Navbahor” va “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv lochinlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Diyor Xolmatov hamda Muhammadali Usmonovning gollariga mehmonlar tarkibida Vlatko Stoyanovskiy bir bor javob qaytardi.

NASAF 1:0 ANDIJON

“Nasaf” jamoasi Samarqanddagi “Dinamo” stadionida “Andijon”ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golga Murodbek Rahmatov mualliflik qildi.

PAXTAKOR 3:1 OKMK

“Paxtakor” o‘z maydonida Olmaliqning OKMK klubi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Flamarion Jovino, Dostonbek Hamdamov hamda Muhammadqodir Hamraliyevning gollariga Aziz Xolurodov bir bor javob qaytardi.

QIZILQUM 0:4 NeFTChI

Turning eng yirik hisobi Navoiyda qayd etildi. Har bir turda uchtadan gol kiritib kelayotgan Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi bu safar “Qizilqum” darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi. Gollarga Zoran Marushich (2 ta), Alisher Odilov va Ikromjon Aliboyev mualliflik qildi.

SURXON 3:1 “BUXORO

“Buxoro”ning ushbu mavsumdagi mag‘lubiyatsiz seriyasiga “Surxon” chek qo‘ydi. Mezbonlar safida Sunnatulla Abdullajonov va Stefan Chinedu (2ta) gol mualliflariga aylangan bo‘lsa, Shahboz Jo‘rabekov mehmonlarning yagona javob golini kiritdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version