Jamiyat
«Stroygorod»ning 2-bloki faoliyati to‘xtatildi
Toshkentdagi «Stroygorod» qurilish bozorining bir qismi faoliyati to‘xtatildi.
Bugun, 9-fevral kuni Toshkent shaxar FVBB tomonidan Uchtepa tumanida joylashgan qurilish bozorida (Stroy gorod) savdo binolari va xonalari tegishli tartibda tekshirildi.
Tekshiruv davomida bozorning 2-blokida yong‘in xavfsizligi qoidalarining qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlandi va kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgunga qadar 2-blok ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Eslatib o‘tamiz, 31-yanvar kuni «Aviator» majmuasidagi yong‘inga bir kishi vafot etgandi. Shundan so‘ng FVV tomonidan O‘zbekiston bo‘ylab savdo majmualari tekshiruvi boshlandi.