Iqtisodiyot

Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasiga aylantiriladi

Published

on


Prezident huzuridagi Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etiladi.

 

Statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilandi, jumladan:

makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish;
integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish;
«mahalladan – respublikagacha» tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash.

2025-yil yakunigacha «Hududlar statistikasi» axborot tizimi ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Behzod Hamrayev yaqinda Statistika agentligi direktori lavozimiga tayinlangandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version