Jamiyat

So‘nggi uch yilda 250 ming gektar paxta va g‘alla yeri oziq-ovqat yetishtirishga berildi – Prezident

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini ko‘paytirishda yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlat rahbari so‘nggi uch yilda 250 ming gektar paxta va g‘alla yeri oziq-ovqat yetishtirishga berilgani, 160 ming gektar yangi bog‘ va tokzor barpo etilgani, eskirgan 107 ming gektari yangilangani, 1 milliard dollarlik 1,5 mingta oziq-ovqat loyihasi ishga tushganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, 100 ming tonna saqlash, 70 ming tonna quritish, 46 ming tonna saralash va qadoqlash quvvatlari yaratildi.

Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda. Shu oyda O‘zbekiston Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Kengashi a’zoligiga saylandi.

«Bu milliy va mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surish, yangi loyihalarga mablag‘ jalb qilishda biz uchun katta imkoniyat», – dedi Prezident. 

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version