Mahalliy

So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri o‘tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o‘rnatilgani haqida turli noto‘g‘ri xabarlar tarqalmoqda. 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur xabarga izoh berdi. 

Joriy o‘quv yilining oxirgi kuni 25-may, yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan. 

“So‘nggi qo‘ng‘iroq har bir inson hayotida unutilmas taassurotlarga boy bo‘ladi. Ayniqsa, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan 11-sinf bitiruvchilari uchun bu kunning ahamiyati va qadri o‘zgacha. 

 Vazirlik shuni ma’lum qiladiki, maktablarimizda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an’anasi bu yil ham davom etadi”, deyiladi vazirlik xabarida.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version