Jamiyat

Somon orasiga yashirilgan jinoyat

Published

on


Yoshlarga o‘rnak bo‘lib, hayotda keksalik gashtini surish o‘rniga, qing‘ir yo‘llarni tanlagan kimsalar uchrab turadi. Buxoro shahrilik 73 yoshli R.B.ning xonadonidan topilgan ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasi fikrni tasdiqlaydi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukurlayevning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, viloyat hududida xavfsizlikni ta’minlash va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Viloyat IIB Tezkor-qidiruv boshqarmasi hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd davomida «Otbozor» mahallasida yashovchi, 73 yoshli nafaqaxo‘r fuqaro R.B.ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Kinologiya xizmati itlari yordamida o‘tkazilgan qidiruv natijasida xonadon darvozaxonasidagi somon presslari orasiga yashirilgan ko‘k rangli polimer paket topilgan. Paket ichida o‘tkir hidli, yashil rangli, sof vazni 6,58 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi «marixuana» giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro ushbu moddani sotish maqsadini ko‘zlamay, o‘z xonadonida saqlab kelgan. Shunga qaramay, qonun oldida javob berish vaqti keldi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version