Iqtisodiyot
Soliq oliy maktabi rektori vazifasini bajaruvchi tayinlandi
Narziyev Yigitali Shodmonovich Soliq oliy maktabi rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U ayni vaqtda Soliq qo‘mitasi rais maslahatchisi lavozimida ham faoliyat olib boradi.
Soliq oliy maktabi 2026/2027 o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga hujjatlarni qabul qilmoqda. Hozirda quyidagi 2 ta yo‘nalish mavjud:
Soliqlar va soliqqa tortish;
Buxgalteriya hisobi.
Kelgusida «Raqamli soliq ma’murchiligi» hamda «Soliq huquqi va moliyaviy nazorat» yo‘nalishlari ham ochilishi kutilmoqda.
Joriy o‘quv yili uchun 50 ta davlat granti ajratilgan.
Talabalar uchun zamonaviy o‘quv binolari, Axborot-resurs markazi, sport inshootlari va 1000 o‘rinli talabalar turar joyi ham mavjud.
Oliy maktab davlat oliygohi bo‘lgani uchun hujjatlar my.uzbmb.uz platformasi orqali qabul qilinadi.