Jamiyat
Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlar 4,3 mlrd so‘m mukofot olgan
2026-yilning yanvar–fevral oylarida «Soliq» mobil ilovasidagi «Soliq hamkor» tizimi orqali 21 964 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 18 826 tasi chek bermaslik, 620 tasi karta orqali to‘lovni qabul qilmaslik, 35 tasi summa oshirish, 2 483 tasi boshqa holatlarga to‘g‘ri keladi.
4 890 ta murojaat takroriy yoki tekshiruv jarayonida bo‘lgani sababli ko‘rib chiqilmagan. Qolganlari asosida 12 216 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilgan.
Tekshiruvlarda 99,2 foiz holatda qonunbuzarlik tasdiqlangan. Fuqarolarga 6 701 ta holat bo‘yicha jami 4,3 mlrd so‘m mukofot to‘langan.
Mukofotlar hududlar kesimida turlicha taqsimlangan. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida – 1 328 ta holat va 901 mln so‘m.
Toshkent viloyatida 673 ta holat uchun 396,5 mln so‘m, Samarqandda 639 ta holat uchun 462,5 mln so‘m, Farg‘onada 545 ta holat uchun 325 mln so‘m to‘langan.
Shuningdek, Andijonda 509 ta va 325,5 mln so‘m, Buxoroda 521 ta va 330 mln so‘m, Xorazmda esa 469 ta holat va 285 mln so‘mni tashkil etgan.
Qashqadaryoda 333 ta holat uchun 204,5 mln so‘m, Surxondaryoda 332 ta va 217,5 mln so‘m, Qoraqalpog‘istonda 314 ta va 192,5 mln so‘m mukofot berilgan.