Dunyodan
Sochida bir kunda ikki marta zilzila sodir bo‘ldi
Bugun, 3-mart kuni Rossiyaning Sochi shahri va uning atrofida ikki marta zilzila sodir bo‘ldi.
Birinchi silkinish mahalliy vaqt bilan taxminan 14:09 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 4,3 ballni tashkil qilgan.
Ikki soatdan keyin 4,4 magnitudali ikkinchi zilzila sodir bo’ldi.
Zilzila epitsentri Qora dengizda, Sochi sohilidan taxminan 23-27 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Tebranishlar shaharning barcha hududlarida, ayniqsa, ko‘p qavatli uylarda yaqqol sezildi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi uylardagi mebel va qandillar silkingan.
Shahar meri Andrey Proshninning aytishicha, qurbonlar va vayronalar yo‘q. Infratuzilma obyektlari normal ishlamoqda.
Mutaxassislarning aytishicha, Kavkaz kabi yosh tog‘ tizimlarida bunday seysmik faollik tabiiy.