Dunyodan

Slovakiya Bosh vazirining Moskvaga tashrifi qimmatga tushdi

Published

on


Slovakiya bosh vaziri Robert Fizzoning 9-may kuni harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga uchishi kerak bo‘lgan samolyotiga Estoniya havo hududi orqali o‘tishga ruxsat berilmaydi. Bu haqda Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Sakna ma’lum qildi.

“9-may kuni Moskvada bosqinchilar xotirasiga bag’ishlangan paradda ishtirok etadigan janob (Robert) Fizzoga bu yil Estoniya havo hududidan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Biz buni o’tgan yili taqiqlagan edik, bu yil ham xuddi shunday tamoyilga amal qilamiz”, – deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukraina va butun Yevropa xavfsizligiga hujum qilsa, Estoniya hech bir davlatga Moskva bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun havo hududidan foydalanishga ruxsat bermaydi.

Avvalroq, Latviya va Litva hukumatlari Slovakiya bosh vazirining Moskvaga tashrifi uchun havo hududini yopishlarini ma`lum qilgandi.

Slovakiya bosh vaziri Robert Fizzo qo‘shni davlatning kirish taqiqiga qaramay, Rossiyaga borishning boshqa yo‘lini topishini aytdi.

Uch mamlakatda havo hududi yopilganligi sababli Robert Fitzoning Moskvaga tashrifi vaqt va pul jihatidan qimmatlashishi mumkin. Rossiya matbuotiga ko‘ra, Slovakiya bosh vaziri Moskvaga Vengriya-Ruminiya-Qora dengiz, Avstriya-Italiya-O‘rtayer dengizi-Turkiya, Polsha (yoki) Chexiya-Germaniya-Boltiq dengizi kabi yo‘nalishlar orqali borishi mumkin.

Shuningdek, 2025 yilda Estoniya, Latviya va Litva Slovakiya bosh vaziri Robert Fizzo va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning Moskvadagi harbiy paradga ketayotgan samolyotlari uchun havo hududini yopgan edi.

Sizga shuni maʼlum qilamizki, Robert Fitzo 2024-yil 15-may kuni suiqasd natijasida yaralangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version