Jamiyat

Sirdaryodagi YTHda ikki nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi

Published

on


2010 yilda tug‘ilgan bola otasiga tegishli bo‘lgan «Lasetti» mashinasini boshqarib ketayotib, yuqori tezlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi zovurga tushib ketgan.

Joriy yilning 19 sentabr kuni soat 22:00 lar atrofida Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, Furqat mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi 20V036 avtomobil yo‘lining «Sholikor-Sirdaryo» yo‘nalishi 1-kmda yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

2010 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan D.A. otasiga tegishli bo‘lgan «Lasetti» rusumli avtomashinani (otasidan beruxsat) boshqarib ketayotib, yuqori tezlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi zovurga tushib ketishi natijasida YTH sodir etgan.

YTH natijasida avtomashina salonida bo‘lgan ikki nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan, haydovchi esa tuman tibbiyot birlashmasining Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3 qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version