Jamiyat

Sirdaryodagi korxonada salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Published

on


Sayxunobod tumanida 802,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sayxunobod tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “Q.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, korxonaning ishlab chiqarish binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 802,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version