Jamiyat

Sirdaryoda shifoxonada rashk tufayli janjal chiqargan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Published

on


Guliston shahrida yashovchi erkak ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan turmush o‘rtog‘ini ko‘rikdan o‘tkazgan shifokor bilan janjallashgan. Sud uni mayda bezorilik va tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish huquqbuzarligini sodir etgan deb topdi.

Foto: Sirdaryo viloyati IIB

Sirdaryoda shifokor bilan janjallashgan erkak ma’muriy qamoq jazosiga tortildi. Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 9 noyabr kuni soat 00:25 da Mirzaobod tuman IIBga “102” xizmati orqali tuman hududida joylashgan Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida ko‘rikka kelgan bemorning yaqinlari janjal qilayotgani haqidagi xabar kelib tushgan. Mirzaobod tumani IIB profilaktika inspektorlari voqea joyiga borgan. Bemor D.X.ni turmush o‘rtog‘i S.X. va o‘g‘li A.X. shifoxonaga olib kelgani, navbatchi shifokor R.B. uni ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida rashk oqibatida turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro janjal yuzaga kelgani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar davomida shifokor R.B. sud tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilgan. Unda tan jarohati aniqlanmagan.

To‘plangan hujjatlar JIB Mirzaobod tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Sud qarori bilan S.X. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik) hamda 197-7-moddasida (tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan. Unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Avvalroq voqea guvohlari shifokor bemor ayolning o‘g‘li tomonidan kaltaklanganini, uning turmush o‘rtog‘i esa o‘ldirib yuborish bilan tahdid qilganini aytgandi.  



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version