Jamiyat
Sirdaryoda Media haftaligi yakunlandi (foto)
Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan Media haftalikning yakuniy kuni doirasida tashkil etilgan Media forumda 400 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashib, zamonaviy media makonidagi dolzarb mavzular yuzasidan firk va tajriba almashdi.
Tadbir davomida kontent bilan ishlash algoritmlari, axborotni tayyorlash va taqdim etish madaniyati, axborotdan oqilona foydalanish ko‘nikmalari, raqamli dunyoda “toza” va ishonchli xabarni ajratish hamda saralash usullari, sun’iy intellekt imkoniyatlari, ijtimoiy tarmoqlarda samarali kommunikatsiya va auditoriya bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida Media haftalik doirasidagi trening va mashg‘ulotlarda faol ishtirok etgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. So‘zga chiqqanlar ularning bugungi media makonida raqobatbardosh, zamonaviy fikrlaydigan va talabgir mutaxassis sifatida shakllanib borayotganiga ishonch bildirib, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladilar.
Media haftaligining o‘n ikkinchi manzili bo‘lgan Sirdaryo tajriba almashish, yangi g‘oyalar va zamonaviy bilimlar chorrahasiga aylandi. Bu yerde shakllangan muloqot va hamkorlik muhiti ko‘plab yangi loyihalar va tashabbuslar uchun mustahkam zamin yaratdi.