Jamiyat

Sirdaryoda M-34 yo‘lida yuk avtomobili yonib ketdi

Published

on


30 oktyabr kuni soat 12:43 da Sirdaryo tumani, Baxt shahar “Islomobod” MFY hududidan o‘tuvchi M-34 yo‘lining 77-kmda Toshkent-Dushanbe yo‘nalishida harakatlangan yuk avtomobilida yong‘in chiqqan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan holat soat 13:15 da bartaraf etildi.

Fuqarolar murojaati “112” qisqa raqami orqali qabul qilinganidan so‘ng, yong‘in-qutqaruv kuchlari voqea joyiga yetib borib, yuk avtomobilidagi yong‘inni o‘chirgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, transport vositasining salon qismi, yukxonasi va yuk xonasining ichki qismidagi turli buyumlar yonib ketgan.

Hodisa natijasida kuyish yoki tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. Yong‘in kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version