Jamiyat
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi
Tezlikni me’yordan oshirgan haydovchi dahshatli fojiaga sabab bo‘lgan.
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 2 bolani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan 24 yoshli haydovchi uzoq muddatga qamaldi. Bu haqda «Zamon» dasturida xabar berildi.
Qayd qilinishicha, yigit otasining mashinasida Paxtobod – Yangiobod yo‘li bo‘ylab harakatlanayotganda oldindagi mashinadan qochish uchun tezlikni me’yordan oshirgan va rulni keskin burgan va yo‘l chetidagi 2 bolani urib yuborgan. Oqibatda maktab o‘quvchilari vafot etgan.
Sudda jabrlanuvchining qonuniy vakillari ayblanuvchiga eng og‘ir jazo so‘ragan.
Sud hukmi bilan 24 yoshli haydovchi 3 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan holda, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.