Sport

Sindorov bu safar xitoylik raqibini taslim etdi

Published

on


O‘zbekistonlik shaxmatchi Nomzodlar turniridagi peshqadamligini yanada mustahkamladi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 4 aprel kuni Nomzodlar turnirining 6-turida xitoylik Vey Ini mag‘lub etdi.

Jahon reytingida 7- o‘rinda turuvchi Vey I Javohirning oldingi raqiblari singari taslim bo‘lishga majbur bo‘ldi.

Shu tariqa o‘zbekistonlik shaxmatchi turnirdagi beshinchi g‘alabasiga erishdi. U 6 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg‘argan holda peshqadamlikni yanada mustahkamladi.

🇨🇳 Wei Yi 0-1 Javokhir Sindarov 🇺🇿

♟️ Round 6, FIDE Candidates 2026#FIDECandidates #FIDE #Chess #Cyprus pic.twitter.com/r3BvQl8rbn


— International Chess Federation (@FIDE_chess) April 4, 2026

Sindorov 5-turda jahon reytingida ikkinchi o‘rinda borayotgan amerikalik Hikaru Nakamurani, 4-turda esa amerikalik yana bir shaxmatchi, jahon reytingida uchinchi o‘rinda turgan Fabian Karuanani taslim etgandi.

Endi Javohir Sindorov 5 aprel kuni 7-tur doirasida niderlandiyalik Anish Giriga qarshi dona suradi.

Kiprning Pafos shahrida 29 mart kuni boshlangan 2026 yilgi Nomzodlar turniri 15 aprelgacha davom etadi. Unda jahonning sakkiz nafar nomdor shaxmatchilari ishtirok etmoqda. Javohir Sindorov ushbu turnirga yo‘llanma olgan ilk o‘zbekistonlik hisoblanadi.

Turnirda shaxmatchilar ikki davrada jami 14 partiya o‘ynashadi, ya’ni oldinda yana 9 tur bor. G‘olib pul mukofotlaridan tashqari (g‘oliblik uchun 48 ming yevro beriladi, shuningdek, har bir ishtirokchi jamg‘argan har yarim ochkosi uchun 3500 yevrodan oladi) amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Dommaradju Gukeshga qarshi shaxmat toji bahs olib borish huquqini qo‘lga kiritadi.





Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version