Jamiyat

Sijjakda xandaqqa tushib ketgan mashina maxsus texnika yordamida chiqarildi

Published

on


Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida «Jiguli» avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning xandaq qismiga tushib ketdi. Hodisa joyiga yetib borgan FVV qutqaruvchilari avtomobilni maxsus texnika yordamida chiqarib oldi.

Kuni kecha Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga 112 tizimi orqali Bo‘stonliq tumani «Sijjak» MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan hodisa haqida xabar kelib tushgan.

Ma’lum qilinishicha, harakat vaqtida «Jiguli» rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, transport vositasi yo‘lning xandaq qismiga tushib ketgan.

Xabardan so‘ng voqea joyiga yetib borgan FVV qutqaruvchilari maxsus texnika vositasida avtomobilni xandaqdan chiqarib olgan. Aniqlanishicha, avtomashinada faqat haydovchining o‘zi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version