Sport

Shvetsiyalik Dyuplantis langarcho‘p bilan sakrashda jahon rekordini yangiladi

Published

on


Sportchi 6 m 30 sm balandlikni zabt etdi.

Shvetsiyalik sportchi Arman Dyuplantis langarcho‘p bilan sakrashda jahon rekordini yana bir marta yangiladi.

Bu safar Tokioda bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida u 6 m 30 sm balandlikka sakradi. Natijada uchinchi marta jahon chempioni bo‘ldi.

Aytish joizki, 25 yoshli Dyuplantis bir oydan sal ko‘proq vaqt oldin o‘rnatgan o‘z rekordini 1 sm ga yangiladi.

Dyuplantis 2020 yil fevralidan beri langarcho‘pda sakrash bo‘yicha dunyo rekordchisi hisoblanadi. U Tokio Olimpiadasi chempioni va Yevropa chempioni ham sanaladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version