Jamiyat
Shvetsiyada qonuniy maqomi bo‘lmagan fuqarolar Toshkentga olib kelindi
Toshkent xalqaro aeroportiga Shvetsiyadan charter reysi bilan ushbu mamlakat hududida qonuniy asoslarda bo‘lmasdan turgan O‘zbekiston fuqarolari olib kelindi. Qaytarish jarayoni ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan hamkorlik asosida tashkil etildi.
Toshkent xalqaro aeroportiga Shvetsiyadan charter reysi bilan Shvetsiya hududida qonuniy asoslarda bo‘lmasdan turgan O‘zbekiston fuqarolari olib kelindi.
Ma’lum qilinishicha, qaytarish tadbirlari ikki davlatning vakolatli organlari o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan hamkorlik doirasida tashkil etilgan.
Aeroportga yetib kelgach, yo‘lovchilarga zaruriy hamrohlik ko‘rsatilib, keyingi tartib-taomillar bo‘yicha tushuntirishlar berilgan.
Qayd etilishicha, mazkur jarayon O‘zbekiston tomonidan o‘z fuqarolarining huquq va manfaatlarini xalqaro hamda milliy qonunchilik normalariga rioya etgan holda himoya qilish borasidagi izchil ishlarini aks ettiradi.