Dunyodan
Shvetsiya Ukrainaga 1,4 milliard dollar yordam ajratdi
Shvetsiya Ukrainaga yangi harbiy yordam ajratishga qaror qildi.
Umumiy miqdori taxminan 1,4 milliard dollarni tashkil etadi (12,9 milliard SEK). Bu haqda Shvetsiya mudofaa vaziri Pol Jonson matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Mablag‘lar birinchi navbatda Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlashga yo‘naltiriladi. “Havo mudofaasini kuchaytirish zarurati juda dolzarb… Biz yetkazib bergan Shvetsiya tizimlari jang maydonida juda samarali ekanligini isbotladi”, — dedi Jonson (TASS iqtibos).
Moliyalashtirishning katta qismi, taxminan 475 million dollar (4,3 milliard kron) Shvetsiyaning TRIDON mobil zenit tizimini sotib olishga sarflanadi. Taxminan 618 million dollar (taxminan 5,6 milliard SEK) raketalar va uchuvchisiz samolyotlarni ishlab chiqarish va rivojlantirishga yo’naltiriladi.
Yana taxminan 331 million dollar (3 milliard kron) granata va artilleriya o‘q-dorilarini xarid qilish hamda Ukraina harbiylarini o‘qitish uchun ajratildi.