Jamiyat

Shuhrat Qalandarov Termiz tumani hokimi etib tayinlandi

Published

on


Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etgan yig‘ilishda Shuxrat Nazarov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Viloyat rahbari tuman hokimi lavozimiga Qalandarov Shuxrat Iskandarovich nomzodini taklif qildi va u deputatlar tomonidan ma’qullandi. Nomzod Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan.

Shuxrat Qalandarov 1981 yilda Denov tumanida tug‘ilgan, Termiz davlat universiteti hamda Soliq akademiyasini tamomlagan. U ilgari soliq organlarida, shuningdek, Termiz va Sariosiyo tumanlari hamda Termiz shahri hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Tayinlovga qadar tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version