Dunyodan

Shri-Lankada Eron harbiy kemasi hujumi oqibatida 101 kishi bedarak yo‘qolgan

Published

on


Shri-Lanka qirg‘oqlari yaqinida Eron harbiy kemasiga uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 101 kishi bedarak yo‘qolgan, 78 kishi yaralangan. Bu haqda Shri-Lanka harbiy-dengiz kuchlari va Mudofaa vazirligi rasmiylariga tayanib, Reuters xabar berdi.

Xabar qilinishicha, 4-mart kuni ertalab Eronning IRIS Dena fregati Shri-Lankaning Galle shahri yaqinidagi hududiy suvlarida favqulodda holat haqida xabar bergan.

Manbalarga ko‘ra, kema suv osti kemasi bilan to‘qnashgan. Biroq hujumni amalga oshirgan suv osti kemasi qaysi davlatga tegishli ekanligi ma’lum qilinmagan.

Hozirda Shri-Lanka harbiy-dengiz kuchlari voqea joyida qutqaruv ishlarini olib bormoqda.

Rasmiylarga ko‘ra, kamida 30 nafar dengizchi qutqarilib, Galledagi kasalxonalarga yetkazilgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version