Sport
Shotlandiyada drama. Yevropada JChning yana besh ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi
Shotlandiya so‘nggi daqiqalarda yo‘llanmani Daniyadan tortib oldi. Ispaniya, Belgiya, Avstriya va Shveytsariya ham mundial masalasini hal qildi. Guruh bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchragan 16 jamoa qo‘shimcha to‘rt yo‘llanma uchun kurash olib boradi.
C guruhi
Shotlandlarda bu asrda ilk mundial
Shotlandiya – Daniya 4:2
Gollar: Maktominay, 3 (1:0). Hoylund, 57 – penalti (1:1). Shenklend, 78 (2:1). Dorgu, 82 (2:2). Tirni, 90+3 (3:2). Maklin, 90+8 (4:2)
Shotlandiya: Gordon, Henli, Makkenna, Roberson, Hiki (Tirni, 72), Makginn, Fergyuson, Douk (Maklin, 21), Kristi (Adams, 63), Maktominay, Dayks (Shenklend, 63)
Daniya: Shmeyhel, Andersen, A. Kristensen, Dorgu, R. Kristensen, Yulmann, Heyberg, Froholdt, Damsgor (Vestergor, 64), Isaksen (Biret, 90), Hoylund (Norgar, 84)
Ogohlantirishlar: Tirni, 90 – Andersen, 10. R. Kristensen, 45
Chetlatish: R. Kristensen, 62 (ikkinchi sariq)
Seshanba oqshomidagi asosiy o‘yin Britaniya shimolida bo‘lib o‘tdi, bu yerda mezbon shotlandlar daniyaliklar bilan guruhda kim birinchi o‘rinni egallashi masalasini hal qilishdi (oxirgi tur oldidan Daniyada 11, Shotlandiyada 10 ochko bor edi). O‘yin Maktominayning chalqancha uslubdagi hayratomuz zarbasi bilan boshlandi. Shotlandiya termasi yetakchisi 4-daqiqadayoq Krishtianu Ronalduning eng yaxshi yillaridagi tryukni takrorlab, Shmeyhelga hech qanday imkon qoldirmadi.
Ikkinchi bo‘limda esa haqiqiy drama ro‘y berdi: avvaliga Hoylund penaltidan hisobni tenglashtirdi, ammo ko‘p o‘tmay daniyaliklar himoyachisi Kristensen qizil kartochka oldi, keyin esa Shanklend mezbonlarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo uch daqiqa o‘tib skandinavlar yana bir bor muvozanatni tiklashdi – Dorguning golidan keyin Daniya onlayn jadvalda birinchi o‘ringa chiqdi. Barchasi Daniya guruh peshqadamligini saqlab qolishiga qarab ketayotgandi, ammo bu oqshom Dorgu emas, Tirni qahramonga aylandi, ushbu himoyachis qo‘shimcha daqiqalarda g‘alaba golini urdi, yana bir necha daqiqa o‘tib Maklin maydon markazidan yo‘llagan zarbasi bilan o‘yinga uzil-kesil nuqta qo‘ydi. Shotlandlar 1998 yildan buyon ilk bor mundialga yo‘l oldi, Daniyani o‘tish o‘yinlari kutmoqda.
Belarus – Gretsiya 0:0
Belarus: Lapouxov, Begunov, Zabelin, Xvalko (Kalinin, 67), Ebong, Yablonskiy, Malkevich, Malashevich (Melnichenko, 46), Demchenko, Gromiko (Konsevoy, 67), Lisakovich (Barkovskiy, 77)
Gretsiya: Vlaxodimos, Retsos, Xatzidiakos, Tsimikas, Rota, Zafeyris, Siopis (Triantis, 64), Mantalos (Kurbelis, 83), Tzolis, Masuras (Karetsas, 69), Tette (Kostulas, 64)
Ogohlantirishlar: Xvalko, 50 – Retsos, 88
Belaruslar noyabrda ko‘pchilikni ajablantiridi. Avvaliga Daniya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi (va bu yakunda skandinavlar ikkinchi o‘rinda qolib ketishiga sabab bo‘ldi), oxirgi turda esa Gretsiyadan ham ochko tortib oldi. Va bu o‘yinda «avtobus» qo‘yilgani yo‘q: mezbonlar raqib darvozasi tomon yetti bor zarba berishdi. Va dastlabki to‘rt o‘yinda yutqazgan belaruslar yakunda muxlislarga taskin beruvchi ochkolarni qo‘lga kiritishdi.
E guruhi
Turklar ispanlar darvozasiga kalit topishdi
Ispaniya – Turkiya 2:2
Gollar: Olmo, 4 (1:0). Gul, 42 (1:1). O‘zjan, 54 (1:2). Oyyarsabal, 62 (2:2)
Ispaniya: Simon, Lyaport, Kubarsi, Kukurelya, Liorente, Garsiya, Ruis (Pablo Fornals, 83), Merino (Torres, 46), Olmo (Fermin Lopes, 74), Pino (Baena, 62), Oyyarsabal (Agehova, 62)
Turkiya: Oltoy Bayindir, Merih Demiral (Yusuf Akchichek, 83), Chag‘lar Suyunchi, Oqoydin, Ferdi Kadio‘g‘li (Mustafo Eskixellach, 78), Zeki Chelik, O‘zjan (Karazor, 78), O‘rxun Ko‘kchi, Barish Yilmaz, Irfon Qahvachi (Mert Mo‘ldur, 69), Gul (Yusuf Sari, 69)
Ogohlantirishlar: Baena, 68 – Gul, 12. O‘zjan, 76. Merih Demiral, 80. Mustafo Eskixellach, 89. Oltoy Bayindir, 90
Inglizlar xotirjam bo‘lishi mumkin: ispanlar baribir so‘nggi turda gol o‘tkazib yuborishdi va guruh bosqichini gol o‘tkazmasdan yakunlagan Tomas Tuxel jamoasi natijasini takrorlay olmadi. Turkiya to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqish uchun Sevilyadagi o‘yinda 7 to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishi kerak bo‘lardi, bunga jamoa ustozi Vinchenso Montella ham ishonmasdi va shuning uchun Arda Guler, Kenan Yildiz hamda Hoqon Chalxono‘g‘li kabi yetakchilarga dam berildi. Ularning o‘rniga tushirilgan futbolchilar esa ishonchni oqlashdi va mehmonlar 55-daqiqaga kelib 2:1 hisobida oldinga chiqib olishgandi. Faqat ispanlar to‘purari Oyarsabal bu safar ham maydonni golsiz tark etishni istamadi va 62-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Shundan keyin ikki jamoa ham asosiy e’tiborini gol o‘tkazmaslikka qaratdi va hisob boshqa o‘zgarmadi. 31 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan Luis de la Fuente shogirdlari to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmaga ega bo‘ldi, turklar esa o‘tish o‘yinlaridan oldin o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlab oldi.
Bolgariya – Gurjiston 2:1
Gollar: Rusev, 10 (1:0). Krastev, 24 (2:0). Lochoshvili, 88 (2:1)
Bolgariya: Mitov, K. Dimitrov, Velkov, Petrov, Georgiyev, Stoyanov (Shopov, 75), Krastev (Chochev, 89), Gruyev, Z. Dimitrov (Nikolov, 59), Rusev (Minchev, 76), Despodov (Petkov, 59)
Gurjiston: Mamardashvili, Kashiya, Lochoshvili, Kiteishvili (Abuashvili, 86), Gocholeishvili, Mekvabishvili (Kvilitaya, 31), Kochorashvili, Tsitaishvili, Kvaratsxeliya, Davitashvili (Guliashvili, 76), Zivzivadze
Ogohlantirishlar: Mitov, 84 – Kiteishvili, 30. Kvilitaya, 45
Gurjiston jamoasidan kamida munosib ishtirok kutilgandi, ammo Xvicha va jamoa muxlislarni ranjitishdi. Gurjistonliklar so‘nggi turda autsayder bolgarlarga ham yutqazishdi. Mezbonlar birinchi bo‘lim o‘rtalaridayoq ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib olishdi, mehmonlar o‘yin oxirida bitta javob golini urishdi, ammo kambek amalga oshmadi.
H guruhi
Bosniya 15 daqiqa chiday olmadi
Avstriya – Bosniya va Gersegovina 1:1
Gollar: Tabakovich, 12 (0:1). Gregorich, 77 (1:1)
Avstriya: A. Shlager, Danso, Linxart, Mvene (Posh, 68), Laymer, K. Shlager (Shmid, 68), Zayvald, Baumgartner, Zabitser, Vimmer (Gregorich, 59), Arnautovich (Shepf, 81)
Bosniya va Gersegovina: Vasil, Muxaremovich, Malich (Xadjiaxmetovich, 84), Memich, Karich (Muyakich, 71), Hojikadunich, Bayraktarevich, Tahirovich (Bajdar, 84), Shunich (Alaybegovich, 84), Tabakovich (Gigovich, 62), Jyeko
Ogohlantirishlar: Laymer, 45 – Hojikadunich, 54. Kolashinats, 90
JCh yo‘llanmasi uchun yana bir o‘zaro to‘qnashuv kutilmagan natija bilan boshlandi — Bosniya o‘yin startidayoq burchak zarbasidan gol urdi. Memichning zarbasi gazonga cho‘pchib, darvozabon hududida turgan Tabakovichga golli pas bo‘lib bordi. Avstriya esa ancha vaqtgacha javob golini ura olmadi. Avvaliga Zayvaldning xavfli zarbasini darvozabon qaytardi, keyin esa Laymerning goli VAR aralashuvidan keyin hujumning boshlang‘ich qismida ishlatilgan fol tufayli bekor qilindi. Bosniya g‘alabali hisobni tish-tirnog‘i bilan himoya qildi, ammo o‘yinning 77-daqiqasigacha bir oyog‘i bilan jahon chempionatida turgan mehmonlar baribir raqib bosimiga dosh berolmadi. Shu daqiqada Gregorich hisobni tenglashtiruvchi golni urdi va mezbonlarni onlayn jadvalda yana birinchi o‘ringa olib chiqib, bosniyaliklarni o‘tish o‘yinlariga yubordi. Avstriyaliklar 1998 yildan buyon ilk jahon chempionatiga yo‘l oldi.
Ruminiya – San-Marino 7:1
Gollar: Jakopetti, 2 (0:1). Rossi, 13 – avtogol (1:1). Bayaram, 29 (2:1). Man, 42 (3:1). Valentini, 57 – avtogol (4:1). Hoji, 76 (5:1). Ratsyu, 82 (6:1). Muntyanu, 86 – penalti (7:1)
Ruminiya: Tyarnovyanu, Gitse, Eyssat, Banku, Ratsyu, Skrechu (Olaru, 46), Dragomir (Marin, 46), Tenase (Hoji, 62), Bayaram, Man (Petrila, 74), Birlidja (Muntyanu, 62)
San-Marino: Kolombo, Rossi (Benvenuti, 46), Valentini, Rikkardi, Fabbri (Tozi, 63), Valli Kazadei, Mularoni, Golinuchchi, Pankotti (Kapikkioni, 87), Dzannoni, Jakopetti (Vitayoli, 75)
Ogohlantirishlar: Pankotti, 41. Jakopetti, 41. Rikkardi, 84. Golinuchchi, 89
Muddatidan oldin JCh yo‘llanmasidan umid uzgan Ruminiya so‘nggi turda muxlislari uchun o‘ynadi va San-Marino darvozasiga yettita gol yo‘lladi. Shu bilan birga, sanmarinoliklar o‘yin startida kutilmaganda hisobni ochishgandi, e’tiborli jihati, ushbu jamoa bu saralash bosqichida atigi ikki gol urdi va ikki gol ham ruminlar darvozasiga urilgan.
J guruhi
Favoritlar 7 tadan gol urdi
Belgiya – Lixtenshteyn 7:0
Gollar: Vanaken, 3 (1:0). Doku, 34 (2:0). Doku, 41 (3:0). Mehele, 52 (4:0). Salemakers, 55 (5:0). De Ketelare, 57 (6:0). De Ketelare, 59 (7:0)
Belgiya: Lammens, Teat, Mehele, Kastan, Mene, Tilemans (Vitsel, 61), Raskin, Vanaken (Moreyra, 75), Doku (Lukebakio, 71), Salemakers (Openda, 61), De Ketelare (Trossar, 61)
Lixtenshteyn: Byuhel, Malin, Hofer, Mayyer, Zele, Lyuhinger (A. Hasler, 58), N. Hasler (Vayssenhofer, 72), Geppel (Tsyund, 18), Volfinger, Lyuk-Notaro (Shlegel, 72), Kindl (Pitssi, 46)
Ogohlantirish: Shlegel, 88
Uels – Shimoliy Makedoniya 7:1
Gollar: Uilson, 18 – penalti (1:0). Bruks, 21 (2:0). Miovski, 23 (2:1). Jonson, 37 (3:1). Jyeyms, 57 (4:1). Uilson, 75 (5:1). Uilson, 81 – penalti (6:1). Brodhed, 88 (7:1)
Uels: Darlou, Loulor, Rodon (Mefam, 82), Dasilva, Uilyams (Kpakio, 82), Uilson, Shihan, Kallen (Devis, 85), Bruks (Tomas, 64), Jyeyms (Brodhed, 64), Jonson
Shimoliy Makedoniya: Dimitriyevski, Zaykov, Velkovski, Ashkovski (Serafimov, 82), Iliyevski, Bardi, Alimi (Atanasov, 64), Stoychevski (Kamili, 55), Kostadinov (Churlinov, 55), Elmas, Miovski (Rastoder, 64)
Ogohlantirishlar: Kostadinov, 11. Dimitriyevski, 17. Velkovski, 81
San-Marinodan farqli o‘laroq, boshqa bir futbol karligi – Lixtenshteyn Belgiyaga hech qanday muammo tug‘dira olmadi. Vanaken 3-daqiqadayoq tezkor gol urganidayoq o‘yin yirik hisobda yakunlanishi oydinlashdi va muxlislar shundan keyin asosiy e’tiborni Kardiffda Uels va Shimoliy Makedoniya o‘rtasida ikkinchi o‘rin uchun kechayotgan o‘yinga qaratishi mumkin edi.
Bu o‘yinda yutqazgan jamoa ham Millatlar ligasidagi reytingi evaziga o‘tish o‘yinlariga o‘tishi ma’lum edi – ammo bu holda qiyinroq raqibga duch kelishi kafolatlangandi. Qur’ada bunday jamoa to‘rtinchi savatchadan joy oladi va favoritlardan biriga qarshi safarda o‘ynashga to‘g‘ri keladi.
Uelsliklar buni istashmadi va birinchi bo‘lim o‘rtalarida uch daqiqa ichida ikkita gol urishdi. Bruks avvaliga Uilson uchun penalti ishladi, keyin o‘zi ham gol urdi. Keyin mezbonlar darvozaboni Darlou xatoga yo‘l qo‘ydi va Mioski hisobdagi farqni qisqartirdi, ammo «ajdarlar» allaqachon qon isini sezishgandi va yakunda raqibni butkul yakson etishdi. Jonsonning olis masofadan yo‘llagan zarbasi hamda Uilsonning jarima zarbasi kechaning bezagiga aylandi. Kreyg Bellami shogirdlari o‘tish o‘yinlarida ham istalgan raqibga qiyinchilik tug‘dira olishini namoyish etdi.
V guruhi
Kosovo – Shveytsariya 1:1
Gollar: Vargas, 47 (0:1). Musliya, 74 (1:1)
Kosovo: A. Rraxmani (Krasnichi, 71), Aliti, Gallapeni, Murich, Dellova, Redjbechay, Xodja (Jyegrova, 62), Musliya (Berisha, 86), Voyvoda, Asllani (Zabergya, 62), Murichi (A. Rraxmani, 86)
Shveytsariya: Kobel, Elvedi, Akanji, Vidmer (Shmidt, 75), Rodriges, Ebisher, Jaka (Zom, 75), Sou (Fassnaht, 89), Vargas (Rider, 69), Manzambi, Embolo (Zekiri, 69)
Ogohlantirishlar: A. Rraxmani, 10. Redjbechay, 90
Shvetsiya – Sloveniya 1:1
Gollar: Elshnik, 64 (0:1). Lundgren, 87 (1:1)
Shvetsiya: Videll Setterstrem, Lindelyof (Lagerbilke, 84), Starfelt, Svensson, Kraft (Gudmundsson, 65), Svanberg (Yuhansson, 65), Zeneli, Sema (Forsberg, 38), Lundgren, Barji (Bernhardsson, 65), Lidberg
Sloveniya: Vekich, Balkovets, Biyol, Drkushich, Yanja, Karnichnik, Elshnik (Petrovich, 88), Seshlar (Xorvat, 68), Gnezda Cherin, Shporar (Gorens-Stankovich, 90+6), Shturm (Mlakar, 88)
Ogohlantirishlar: Zeneli, 25. Yuhansson, 86 – Karnichnik, 72
Bu guruhda barchasi kutilganidek yakunlandi: so‘nggi tur arafasida kosovoliklarda birinchi o‘ringa chiqib olish uchun faqat nazariy jihatdan imkoniyat bor edi, buning uchun o‘zaro o‘yinda shveysariyaliklar 11 to‘p farqi (!) bilan mag‘lub etilishi kerak bo‘lardi. Amalda esa kosovoliklar faqat bitta gol urishdi va bu ham hisobni tenglashtiruvchi gol bo‘ldi. Shvetsiya esa 6 turdan to‘rttasida yutqazib, atigi ikki ochko bilan so‘nggi o‘rinda qolganiga qaramay, bahorda o‘tish o‘yinlari orqali ikkinchi imkoniyatga ega bo‘ladi.
JChga yo‘l olgan barcha jamoalar:
Yevropada o‘tish o‘yinlari uchun hosil bo‘lgan savatchalar: