Jamiyat

Shota Rustaveli ko‘chasida yana 3 ta avtobus harakati tiklandi

Published

on


Avvalroq mazkur yo‘nalishda uchta avtobus yo‘nalishi: 38, 57 va 58-raqamli avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

12 oktyabrdan boshlab 126-, 98- va 67-sonli avtobus yo‘nalishlari Shota Rustaveli ko‘chasidagi markaziy avtobus yo‘lagi (BRT) orqali harakatni boshladi.

Transport vazirligining ta’kidlashicha, ushbu yo‘lak orqali harakatlanayotgan avtobuslarga ustuvorlik berish lozim.

“Loyiha maqsadi jamoat transportiga ustuvorlik berish, tirbandliklarni kamaytirish va yo‘lovchilar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratishdir”, deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan hamkorlik, ehtiyotkorlik va madaniyatli harakat qilishni so‘ragan.

Avvalroq mazkur yo‘nalishda uchta avtobus yo‘nalishi: 38, 57 va 58-raqamli avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version