Jamiyat
Shota Rustaveli ko‘chasida 4 ta avtobus yo‘nalishi qayta ishga tushdi
Jamiyat | 14:46
551
1 daqiqa o‘qiladi
2025 yil 22 oktyabrdan boshlab Shota Rustaveli ko‘chasidagi markaziy avtobus yo‘lagi (BRT) orqali 2-, 18-, 45- va 94-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati qayta yo‘lga qo‘yildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bu yo‘lak orqali harakat qilayotgan avtobuslarga ustuvorlik beriladi. Loyihaning asosiy maqsadi — jamoat transporti harakatini yengillashtirish, tirbandliklarni kamaytirish va yo‘lovchilar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratishdir.
Yo‘lovchilar uchun eslatmalar:
avtobuslar yo‘lning o‘rta qismidagi maxsus yo‘lakda harakatlanadi;
platformaga faqat belgilangan piyodalar o‘tish joylari orqali chiqing;
avtobus to‘liq to‘xtaganidan keyingina eshikka yaqinlashing;
avval keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolali yo‘lovchilarga yo‘l bering.
Haydovchilar uchun eslatmalar:
markaziy avtobus yo‘lagi (BRT) faqat avtobuslar uchun mo‘ljallangan;
bu yo‘lakda boshqa transport vositalari harakatlanishi va to‘xtashi qat’iyan taqiqlangan;
chapga burilish va ortga qayrilish har ikki yo‘nalishda ham mumkin emas.