Sport

Shomurodov va Kapadze O‘FA tomonidan yilning eng yaxshilari qatoriga kiritildi

Published

on


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2025 yilning eng yaxshilarini e’lon qildi. Hujumchi Eldor Shomurodov va murabbiy Temur Kapadze ular qatorida e’tirof etildi.

30 yanvar kuni Toshkentda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) tomonidan 2025 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

O‘zbekiston milliy jamoasi va Turkiyaning «Istanbul Boshoqshehir» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy jamoasi bilan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Temur Kapadze yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Qoraqalpog‘iston futbol assotsiatsiyasi eng yaxshi hududiy futbol assotsiatsiyasi sifatida e’tirof etildi.

Diyoraxon Habibullayeva ayollar Oliy ligasi to‘purari sovrinini qo‘lga kiritdi. Qarshining «Sevinch» klubi hujumchisi o‘tgan mavsumda ayollar chempionatida 31 ta gol urdi.

Sadriddin Hasanov yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi. U 2025 yilda O‘zbekiston U17 terma jamoasi bilan Osiyo Kubogini qo‘lga kiritgan va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Vladislav Xan ayollar futbolida yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi. U «Sevinch» klubi bilan chempionat g‘olibligini qo‘lga kiritgan edi.

Terma jamolarga eng ko‘p futbolchi yetkazib berayotgan «Paxtakor», «Nasaf» va «Bunyodkor» klublari maxsus sovrin bilan taqdirlandi.

Qarshining «Sevinch» klubi futbolchisi Nilufar Qudratova ayollar Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

«Bunyodkor» akademiyasi vakili Yusuf Ergashev bolalar futboli bo‘yicha yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi.

Nasibabonu Toshmuhammedova yilning eng yaxshi ayol hakami bo‘ldi.

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida muhim o‘yinlarni boshqargan, xalqaro musobaqalarda faoliyat olib borgan hamda 2026 yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati o‘yinlariga nomzod sifatida qayd etilgan Ilgiz Tantashev yilning eng yaxshi hakami bo‘ldi.

O‘zbekiston ayollar milliy jamoasi yetakchisi Diyora Habibullayeva yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topildi.

Uzoq yillar davomida «Paxtakor» klubining asosiy futbolchisi sifatida o‘ynagan, murabbiy sifatida faoliyat olib borgan, O‘FA tizimida turli lavozimlarda ishlagan Ahrol Inoyatovga «Futbolimiz nuroniysi» sovrini topshirildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version